• Do`sti borning tulporlari o`ynoqi,
    Do`sti borning tili burro, sayroqi,
    Oson o`tar bu hayotning qiynog`i, dod-ay,

    Do`sti borga havas qilib so`z dedim:
    Do`stligiga tegmasin-a ko`z dedim. (x2)

    Hey do`st, jon do`st, jonga jonajon do`st,
    Hey do`st, jon do`st, jonga jonajon do`st. (x2)

    To`ylar qilsang, “nima kam” deb kelar do`st,
    Tashvish kelsa, qo`lingga qo`l berar do`st. (x2)
    Ko`zlaringdan darding nima bilar do`st, {x2}
    Do`sti borga havas qilib so`z dedim:
    Do`stligiga tegmasin-a ko`z dedim.

    Hey do`st, jon do`st, jonga jonajon do`st,
    Hey do`st, jon do`st, jonga jonajon do`st. (x2)

    Gul yoshlikning yodgori shu jo`ralar,
    Ulfatlar-u beklar, oshna, to`ralar. (x2)
    Uying to`lar sani yo`qlab kelsalar, dod-ay, {x2}
    Do`sti borga havas qilib so`z dedim:
    Do`stligiga tegmasin-a ko`z dedim.

    Hey do`st, jon do`st, jonga jonajon do`st,
    Hey do`st, jon do`st, jonga jonajon do`st. (x2)

    Hey, qaylarda bor axir bundayin mehr?
    Davlat emas do`sti yo`q bo`lar faqir.
    Qaylarda bor axir bundayin mehr?
    Boylik emas do`sti yo`q bo`lar faqir.
    Do`st topmagan yigit, yigitmi axir? {x2}
    Do`sti borga havas qilib so`z dedim:
    Do`stligiga tegmasin-a ko`z dedim.

    Hey do`st, jon do`st, jonga jonajon do`st,
    Hey do`st, jon do`st, jonga jonajon do`st. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.