• Har giyohing jonga malham, tanga davo,
    Dil siyohlik ko`rmagandir sendan mavo.
    Qizing bo`lib madhingdan bir kuylay navo,
    Sen otamdan, sen enamdan qolgan elim,
    Xumo qushi bo`lib boshga qo`ngan elim.

    Tizzasiga qo`yib gullar yaprog`ini,
    Igna qilib qoshlarini, qiyog`ini,
    Sog`inchlardan eshib ipak jiyagini,
    Sadoqatdan jelak yopgan sanam elim,
    Go`ro`g`liga chopon qovgan enam elim.

    Elimdan aylanayin-ey, aha-hov,
    Elimdan o`rgilayin-ey, aha-ha.
    Elimdan aylanayin-ey, aha-hov,
    Elimdan o`rgilayin-ey, aha-ha.

    Qirlardagi qizg`aldoqday qirmiz beti,
    Kichkintoyga qozonida qaynar eti,
    Ro`zg`oridan uzilmaydi qatiq-suti,
    G`irmidisin sari moyda qizdirgan el,
    Nasibasin Xudo o`zi to`ldirgan el.

    Qo`rga chiqsa qirqta molning jiligi oz,
    Qirga chiqsa, qiyqiradi ming chavandoz.
    Tuyani ham ko`targanin ko`rganim rost,
    Tog` bag`rida suruv-suruv qo`yli elim,
    Uloq bergan, kurash bergan to`yli elim.

    Elimdan aylanayin-ey, aha-hov,
    Elimdan o`rgilayin-ey, aha-ha.
    Iya-aha, aha-aha, aha-hov,
    Iya-aha, aha-aha, aha-hov.

    Enalari bitta bo`lsin dovkar tuvgan,
    Elni degan, erkni degan navkar tuvgan.
    O`g`lonlari qatordagi norday turgan,
    Sharafshoni jahon bo`lgan ko`kay elim,
    Shon-shuhrati doston bo`lgan do`kay elim.

    Ezgulikdan urug` sochgan g`allakori,
    Tuyog`ini sanamagan chorvadori.
    Bugun yurtni obod qildi paxtakori,
    Yil boshida go`ja tortgan dehqon elim,
    Navro`zlarga sumalagi ehson elim.

    Elimdan aylanayin-ey, aha-hov,
    Elimdan o`rgilayin-ey, aha-ha.
    Iya-aha, aha-aha, aha-hov,
    Iya-aha, aha-aha, aha-hov.

    Oq kabutar parvozlari dilga xumor,
    Niyatingga orzularing bo`ldi tumor.
    Bu kunlarni ko`rganlar bor, ko`rmagan bor,
    Ko`ngil xushlab, qo`shiq aytar zamon bo`ldi,
    O`ynab-kuling, bugun hayot shodmon bo`ldi.

    Ko`ngil xushlab, qo`shiq aytar zamon bo`ldi,
    O`ynab-kuling, bugun hayot shodmon bo`ldi.

    Elimdan aylanayin-ey, aha-hov,
    Elimdan o`rgilayin-ey, aha-ha. (x2)
    Iya-aha, aha-aha, aha-hov,
    Iya-aha, aha-aha, aha-hov. (x2)

    O'xshash qo'shiqlar matnlari