• Sahna ustozlar dargohi, yengil qadam qo`ymagil,
    San’atkorlik ko`p qiyin ish, hech osonga yo`ymagil. (x2)

    Aytgim kelur yurak dardim, opa, do`st-u yora man,
    Haq xohlasa, yorug` yuzla ortingizdan boraman. (x2)

    Tomirlarda qonimiz bir, jon jigarim, jon inim,
    Begonadir bunda senga osoyish, orom, tinim. (x2)

    Tomirlarda qonimiz bir, jon jigarim, jon opam,
    Yurakdan ishq kuylamoqdan o`zga chora yo`q, opam. (x2)

    Sahnada zinhor kerilma, bilkim, yagonamassan,
    Adashurmiz, xatolardan sen ham begonamassan. (x2)

    Andisha-yu kamtarinlik hayotda chin hamrohim,
    Xatolarni kechirmaydi, sahna ulug` dargohim. (x2)

    Sen O`zbekning chin o`g`loni, eldan ayro bo`lmagin,
    Mehr berib, olqishlasa, osmonlarda yurmagin. (x2)

    Yaraydurman el koriga, belda belbog`im bordur,
    Yurt sevgisi, yurt qayg`usi jismu-jonimga yordur. (x2)

    Sen et bo`lsang, men tirnoqman, ajratib bo`lmas bizni,
    Alloh muborak aylasin ezgu-niyatimizni. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

    O'xshash qo'shiqlar matnlari