• Ketmoq uchun kelarkan odam,
    Bir zumda ham o`larkan odam. (x2)
    Toshlarni darz yormoqda nolam, {x2}
    Saratonda sovqotdim, otam-ey,
    Sizni qandoq yo`qotdim, otam. (x2)

    Yashnab turib, qurisa bog`im,
    Yonib turib, o`chsa chirog`im. (x2)
    Qanday ketsin {x2} yurakdan dog`im-ey,
    Deyman: otam qayon ketdilar,
    Derlar: otang ayon ketdilar.

    Deyman: otam qayon ketdilar,
    Derlar: otang ayon ketdilar.

    Armon toshi og`ir tosh ekan,
    Sog`inch yoshi achchiq yosh ekan, (x2)
    Boqiy baxtga otam bosh ekan,
    Otam bizni tashlab ketdilar,
    Ko`zimizni yoshlab ketdilar.

    Otam bizni tashlab ketdilar,
    Ko`zimizni yoshlab ketdilar.

    Onajonim mung`ayib qoldi,
    Odam g`amdan ulg`ayib qoldi,
    Hatto dunyo sog`inchdan toldi-ey,
    Mening shunday otam ketdilar,
    Mening kunday otam ketdilar.

    Yashasangiz bo`lardi axir,
    Qaydan keldi shum ajal, baxil?
    Yuzlarimda sarg`aydi sabr,
    G`am-anduhlar bag`rim tutdilar,
    Otam bizni tashlab ketdilar.

    Vafo topdi sizdan qanchalar,
    Shifo topdi sizdan qanchalar.
    Yuragimga nashtar sanchilar,
    Ayting, ajal o`qmidi, ota,
    Sizga shifo yo`qmidi, ota?

    Qiyomatga qoldimi diydor,
    Qiyomatdan qandoq xabar bor? (x2)
    Ishonganim – bir Parvardigor,
    Jannatlardan joy bersin, otam,
    Sizni qandoq boy berdim, otam.

    Jannatlardan joy bersin, otam,
    Sizni qandoq boy berdim, otam. {x2}
    Saratonda sovqotdim, otam,
    Sizni qandoq yo`qotdim, otam. {x2}