Hosila Rahimova - O'zingni ehtiyot qil

Hosila Rahimova

O’zingni ehtiyot qil

Meni gar yashasin desang osuda,
Vujudingga singib ketsin shu so`zim:
Menimas o`zingni asragin juda,
O`zingga ehtiyot bo`lgin, azizim.

Azizim, azizim, azizim, azizim,
Azizim, azizim.

Tilab-tilab olgan mardim, arslonim,
Yo`lingda nigoron doimo ko`zim. (x2)
Dilginam yupanchi, jonim, jahonim,
O`zingga ehtiyot bo`lgin, azizim.

Azizim, azizim, azizim, azizim,
Azizim, azizim.

Seni ishonmayin hatto o`zimga
Hijolat tortaman, termulsa ko`zim. (x2)
Asragin o`zingni, kirgin so`zimga,
O`zingga ehtiyot bo`lgin, azizim.

Azizim, azizim, azizim, azizim,
Azizim, azizim.

Azizim, azizim, azizim, azizim,
Azizim, azizim, azizim,
Azizim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zingni ehtiyot qil
Xonanda:
Hosila Rahimova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 4, 2017