• Qani shamol xayyo-xut,
    Bir borib yorimni tut,
    Olib kelgin yonimga,
    Chapdan o’tgin, o’ngdan o’t. (x2)

    Kirib kelsa jilmayib,
    Holini so’ramabman,
    Zarda qildi, vaqtida
    Ko’ngliga qaramabman. (x2)

    Bitta g’alva bo’lishin,
    Eh, yuragim sezgandi,
    Ertalabdan erinmay
    Chap qovog’im uchgandi. (x2)

    Qani shamol xayyo-xut,
    Bir borib yorimni tut,
    Olib kelgin yonimga,
    Chapdan o’tgin, o’ngdan o’t. (x2)

    Tugamaydi turmushning
    Shirin, achchiq g’alvasi,
    Uzoqqa ketmagandir
    Shaldiroq aravasi. (x2)

    Atrimdan sepib beray,
    Borib dimog’iga ur,
    O’zgararmikan yuzi,
    Ko’zlariga qarab tur. (x2)

    Qani shamol xayyo-xut,
    Bir borib yorimni tut,
    Olib kelgin yonimga,
    Chapdan o’tgin, o’ngdan o’t. (x4)