Humoyun Mirzo - Begunoh bola

Humoyun Mirzo

Begunoh bola

Qochmoq ixtiyor etding qonli yurtingdan,
Tinchlikni istading, jannat istading.
Yonimga chorladim tutib qo`lingdan,
Yaratgan yoniga ketmoq istading.

Qirg`oqqa arzingni yozib ket, bolam,
Osmonlar bag`riga suzib ket, bolam.
Agar kechira olsang, kechir bizlarni,
Bu vaxshiy dunyodan rozi ket, bolam.

Bolajon, jon bola, farishta bola,
Bolajon, jon bola, begunoh bola.

Ummonlar to`lg`onar chuqur qayg`uda,
Cheksiz dengiz bag`riga sig`magan bolam.
Endi yotajaksan abad uyquda,
Bu vaxshiy dunyodan rozi ket, bolam.

Dod solar to`lqinlar, yig`laydi daryo,
Sohillarning bag`ri kuymoqda go`yo.
Shirin kulgularing endi bir ro`yo,
Bu vaxshiy dunyodan rozi ket, bolam.

Bolajon, jon bola, farishta bola,
Bolajon, jon bola, bechora bola.

Bo`lmasmidim bilsam, suzgich qanoting,
Otang yuragida qoldi-ku yoding.
Olamga dars bo`lsin notinch hayoting,
Bu vaxshiy dunyodan rozi ket, bolam.

Seni cho`ktirganlar jazo olarlar,
Olovli daryoda suvsiz qolarlar.
Do`zaxda o`tindek qaqshab yonarlar,
Bu vaxshiy dunyodan rozi ket, bolam.

Bolajon, jon bola, farishta bola,
Bolajon, jon bola, begunoh bola.

Kichkina vujuding ulkan kemadek,
G`arq bo`lib titratdi butun jahonni.
Mitti yurakkinang ursa qaniydi,
Eh, ko`rarding yurtimni, jannatmakonni.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Begunoh bola
Xonanda:
Humoyun Mirzo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2016