Humoyun Mirzo - Firibgar qo'shiq matni, lyrics

Humoyun Mirzo

Firibgar

Ey, yig`lama yuragim, yo`q endi keragim,
Firibgar gulima.
Ko`zim yo`lida zor, tunlarim bedor,
Aldadi zolim-a.

Muhabbat bog`lari – hijronning dog`lari,
Qalbimni qilar qon, vayron, giryon. {x2}
Orom yo`q tunlarim, azobli kunlarim,
Sensiz har lahzalar sog`inchga boylanar.

Yig`lama yuragim, yo`q endi keragim,
Firibgar gulima.
Ko`zim yo`lida zor, tunlarim bedor,
Aldadi zolim-a. (x2)

Ko`zingning qarosi – umrimning balosi,
Hajring voh-u nolam, g`am-sitam, dard-alam. (x2)
Orom yo`q tunlarim, azobli kunlarim,
Sensiz har lahzalar sog`inchga boylanar.

Yig`lama yuragim, yo`q endi keragim,
Firibgar gulima.
Ko`zim yo`lida zor, tunlarim bedor,
Aldadi zolim-a. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Sanjar Shohga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Firibgar
Xonanda:
Humoyun Mirzo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 30, 2018