• Humoyun Mirzo - Yashayman qo'shiq matni, lyrics

    Humoyun Mirzo

    Yashayman

    Bugun to`y ko`chada o`t olov yondi,
    Ko`klarga bo`y cho`zib beayov yondi.
    Bir kulga aylandi ahd-u paymona, {x2}
    Bahorim, qandayin kechay man endi,
    Sani zor sog`inib yashayman endi. (x2)

    Soy bo`yida yolg`iz o`ltiribman lol,
    Gunohkordek boshin egar majnuntol.
    Uchrashgan kunlarga eltadi xayol, {x2}
    Yuragimni kimga ochay man endi,
    Seni zor sog`inib yashayman endi. (x2)

    Bugun bir qo`shiqqa aylandi ohim,
    Qo`limdagi torim bo`ldi hamrohim.
    Kimga ko`ngil qo`ysin endi bu jonim? {x2}
    Ortga qaytararmu pushaymon endi,
    Sani zor sog`inib yashayman endi.

    Baxtsizligim kimga baxt bo`ldi endi,
    Sani zor sog`inib yashayman endi.