• Husan - Rashkim keltirma

    Husan

    Rashkim keltirma

    Aylanay begim,
    Degan so`zing buncha shirin bo`lsa.
    Boylanay, jonim,
    Saning nozlaringga boylanay.
    Hammadan, hammadan chiroyli
    Bu ko`zlaringga joylanay. (joylanay)

    May sharbat ichmayman, diydordan kechmayman,
    Man uchun u go`zal nafosatda bebaho.
    Alamim oshadi, rashkim qaynab toshadi,
    Erkaginam boshqalarga hech ham boqmasin qiyo.

    Mohitabon, oromijon ul go`zal janon,
    Obiravon, yo`lingga ko`zim nigoro.
    Bora-bora mehr muhabbatim ziyoda senga,
    Rashkim keltirma, go`zal janona!

    Aylanay o`ynagan raqsi
    Buncha shirin bo`lsa,
    O`rgilay, nozu karashmangdan o`rgilay.
    Chashmaday yelkangdan oqar
    Uzun sochlaringdan o`rgilay. (o`rgilay)

    May sharbat ichmayman, diydordan kechmayman,
    Man uchun u go`zal nafosatda bebaho.
    Alamim oshadi, rashkim qaynab toshadi,
    Erkaginam boshqalarga hech ham boqmasin qiyo.

    Mohitabon, oromijon ul go`zal janon,
    Obiravon, yo`lingga ko`zim nigoro.
    Bora-bora mehr muhabbatim ziyoda senga,
    Rashkim keltirma, go`zal janona! (x1+x1)