Ko`nglim istagi sevmoq seni, go`zal yorim,
Istagim faqat ko`rmoq seni, go`zal yorim.
Meni ko`nglim istagidan mahrum etma, Ollohim,
Sevgilimdan ayirmagin, yolvoraman, Xudoyim.
Sevgilimdan ayirmagin, Xudoyim, Xudoyim.

Ba’zan seni bezovta etarman nochor, jonim,
Ne qilay, bag`rimga bosmoq istasam, go`zal yorim.
Rahm qilgin, rahm qil, men bandangga, Ollohim,
Sevgilimdan ayirmagin, yolvoraman, Xudoyim.
Sevgilimdan ayirmagin, Xudoyim, Xudoyim.

Sevgilimdan ayirmagin, Xudoyim, Xudoyim.
Xudoyim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayirmagin
Xonanda:
Husniddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 26, 2015