Sevar bo`lsang, poyingga gulu rayhon,
Gulu rayhon undiray,
Olamdagi eng sara gul atriga,
Gul atriga to`ldiray.

Gul yuzingni men nur og`ushida,
Nur og`ushida bir ko`ray,
Sevar bo`lsang sen, sevar bo`lsang sen,
Sevar bo`lsang sen, jonginam.

Sevar bo`lsang, qiynama meni,
Vafodoring bo`layin sening.
Sevar bo`lsang,
Yashayman sen uchun, jonim.

Sevar bo`lsang, sevar bo`lsang,
Sevar bo`lsang, jonginam.
Sevar bo`lsang, sevar bo`lsang,
Sevar bo`lsang, jonginam.

Orzularim yetaklab, asta qalbingga,
Asta qalbingga kiray,
Eng yozik tuyg`ulardan bir buyuk saroy,
Bir buyuk saroy quray.

Guldan yasab poyandoz, guldan libosga,
Guldan libosga o`ray,
Sevar bo`lsang sen, sevar bo`lsang sen,
Sevar bo`lsang sen, jonginam.

Sevar bo`lsang, go`zalim, meni,
Vafodoring bo`layin sening.
Sevar bo`lsang,
Yashayman sen uchun, jonim.

Sevar bo`lsang, sevar bo`lsang,
Sevar bo`lsang, jonginam.
Sevar bo`lsang, sevar bo`lsang,
Sevar bo`lsang, jonginam.
Jonginam…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonginam
Xonanda:
Husniddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 3, 2015