Oy yuzli janonimning
Ko`ylagi hilpillaydi,
Ohu ko`zli yor libosi
Oftobda yaltillaydi. (x2)

Yor, ko`ylak hilpillaydi,
Har libos yaltillaydi.
Yor, ko`ylak hilpillaydi,
Zar libos yaltillaydi.

Xirom aylab, gul nigorim,
Davralarda raqs qiladi.
Asal yorim shoh libosin
Bizga ko`z-ko`zlar qiladi. (x2)

Yor, ko`ylak hilpillaydi,
Har libos yaltillaydi.
Yor, ko`ylak hilpillaydi,
Zar libos yaltillaydi.

Voh, qarang, qanday ajoyib,
Dilrabo yor tovlanadi.
Suv paridek misli dengiz,
Jonima lov-lov yonadi. (x2)

Yor, ko`ylak hilpillaydi,
Har libos yaltillaydi.
Yor, ko`ylak hilpillaydi,
Zar libos yaltillaydi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko`ylak
Xonanda:
Husniddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 29, 2015