Ne sabab surding xayol,
Oshufta yor etdingmi yor, etdingmi, yor?
Ul bilan aylab visol,
Qalbing bahor etdingmi yor, etdingmi, yor?

Sayramas aftodadir
Bog’larda qushlar ne uchun, ne uchun?
Ul bila bulbulga odob
Barqaror etdingmi yor, etdingmi, yor?

Ul bila bulbulga odob
Barqaror etdingmi yor, etdingmi, yor?

Sevganingni sham yanglig’
Kechalardan izlagin, izlagin.
Oy to’lishgan yop-yorug’
Ko’chalardan izlagin, izlagin.

Subhidamda xanda etgan
G’unchalardan izlagin, izlagin.
Izlamasdan yor visolin
Beozor kutdingmi yor, kutdingmi yor?

Izlamasdan yor visolin
Beozor kutdingmi yor, kutdingmi yor?

Qayda chashma, qayda tola,
Soyu-daryo kechmasang?
Qayda diydor, dilda tug’yon,
Dardu g’am-o kechmasang?

Yora ketgan yo’llar olis,
Ranju savdo kechmasang.
Ketmagaysan yo xayolim,
G’am-g’uso etdingmi yor?

Sevganingni sham yanglig’
Kechalardan izlagin, izlagin.
Oy to’lishgan yop-yorug’
Ko’chalardan izlagin, izlagin.

Oy to’lishgan yop-yorug’…
Izlagin… (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayol
Xonanda:
Husniddin Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 26, 2015