Ilhom Farmonov - Eslaysanmu

Ilhom Farmonov

Eslaysanmu

Seni o`ylab toldim go`zal,
Sen ham meni o`ylaysanmu?
Har bir eslashim ming bir g`azal,
Sen ham meni o`ylaysanmu?

Qo`ling tutib ketolmadim,
Ko`ngling topib yetolmadim.
Bir so`z aytib, aytolmadim,
Eslab meni yig`laysanmu?

Jondan kechgum jonim bilan,
Sensiz totganim bo`ldi alam.
Sen yuragim, oh mahbubam,
Sen ham meni o`ylaysanmu? (x2)

Afsus bilmam og`riq bilan,
Zerikaman sensizlikdan.
Senga yetolmaganimdan
Yoki sen ham yig`laysanmu?

Shirin o`ylarim toldi, go`zal,
Sen ham meni o`ylaysanmu?
O`ylab yuragim ham qiynalar,
Sen ham meni o`ylaysanmu?

Jondan kechgum jonim bilan,
Sensiz totganim bo`ldi alam.
Sen yuragim, oh mahbubam,
Sen ham meni o`ylaysanmu? (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eslaysanmu
Xonanda:
Ilhom Farmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 17, 2016