Ilhom Farmonov - Oila muqaddas qo'shiq matni, lyrics

Ilhom Farmonov

Oila muqaddas

Oila bir muqaddas dargoh,
U biz uchun mustahkam ustun.
Balki buni sezmaymiz nogoh,
Unda bo`lar baxtimiz butun.

Oilada bo`lar mujassam
Shodlik, quvonch va cheksiz orzu.
Yaxshilikka to`ladi olam,
Chetlab o`tar dilingni qayg`u.

Oila muqaddas, muqaddas,
Qadriga yetaylik har nafas.
Oila muqaddas, muqaddas,
Baxtli oilaga qilarlar havas. (x2)

Oiladan boshlanar Vatan,
Asrab-avaylaylik biz uni.
Tinch-totuvlik bor bo`lsin har dam,
Chunki udir hayot mazmuni.

Oilada bo`lar mujassam
Shodlik, quvonch va cheksiz orzu.
Yaxshilikka to`ladi olam,
Chetlab o`tar dilingni qayg`u.

Oila muqaddas, muqaddas,
Qadriga yetaylik har nafas.
Oila muqaddas, muqaddas,
Baxtli oilaga qilarlar havas. (x2)

Dunyoning sinovlarida ham
Rishtalarni etaylik mangu.
Mehr bo`lsin bir-birimizga,
Ko`nglimizdan taralib yog`du.

Oila muqaddas, muqaddas,
Qadriga yetaylik har nafas.
Oila muqaddas, muqaddas,
Baxtli oilaga qilarlar havas. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oila muqaddas
Xonanda:
Ilhom Farmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2017