Ilhom Farmonov - Onajonginam qo'shiq matni, lyrics

Ilhom Farmonov

Onajonginam

Onajonim, onajonginam, onam,
Farzandlarin oq yuvib, oq taragan,
Yo`lga kirganidan yo`lga qaragan,
Sho`xligimiz ozorimiz kechirgan,
Ko`ngillarga mehr nurin ichirgan onam.

Onajonim, onajonginam,
Sizning mehringizdan charog`on olam.
Onajonim, onajonginam,
Davlatim, o`zingiz taxtim, xazinam.
Duogo`yim, panohim onam,
Hamisha asrasin Allohim onam.

Koyiganda ham avaylab koyigan,
Nasihatlarin olgan odam boyigan. (x2)
Jon bolajon, deya jondan kechgan zot,
Bemor bo`lsak, ko`zyoshlarin ichgan zot – ona.

Onajonim, onajonginam,
Sizning mehringizdan charog`on olam.
Onajonim, onajonginam,
Davlatim, o`zingiz taxtim, xazinam.
Duogo`yim, panohim onam,
Hamisha asrasin Allohim onam.

Yelkamdamas boshimdagi farishtam,
Yuragimga quvvat bergan jon rishtam. (x2)
Boshimizda hamisha bosh bo`lgaysiz,
Kechalari oy, kunduz quyosh bo`lgaysiz. (x2)

Nabiralar bag`ringizda gul-lola,
Chaman bo`lib bo`y taratgan sulola.
To`y hashamning fayzi bo`lgan gultojim,
Bu olamning fayzi bo`lgan gultojim onam.

Onajonim, onajonginam,
Sizning mehringizdan charog`on olam.
Onajonim, onajonginam,
Davlatim, o`zingiz taxtim, xazinam.
Duogo`yim, panohim onam,
Hamisha asrasin Allohim onam.

Onajonginam…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onajonginam
Xonanda:
Ilhom Farmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 4, 2017