Ilhom Farmonov - O'yna gulginam

Ilhom Farmonov

O’yna gulginam

O’yna gulginam, o’yna,
Jon-u dilginam o’yna, (x2)
Kokillaring silkitib,
Xipcha belginam o’yna. (x2)

Jaranglaydi sho’x sozing,
Yashnaydi bahor-yozing, (x2)
Orom berar dillarga
Chamandagi parvozing. (x2)

O’yna gulginam, o’yna,
Jon-u dilginam o’yna, (x2)
Kokillaring silkitib,
Xipcha belginam o’yna. (x2)

Sensan mening dilbandim,
Asal-u shakar, qandim, (x2)
Ko’nglim parvona senga,
Dilga dili payvandim. (x2)

O’yna gulginam, o’yna,
Jon-u dilginam o’yna, (x2)
Kokillaring silkitib,
Xipcha belginam o’yna. (x2)

Gulgun yonib, o’ynab kel,
Bulbulsimon kuylab kel, (x2)
Atirgullar bo’yini
Bo’ylaringga bo’ylab kel. (x2)

O’yna gulginam, o’yna,
Jon-u dilginam o’yna, (x2)
Kokillaring silkitib,
Xipcha belginam o’yna. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’yna gulginam
Xonanda:
Ilhom Farmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 19, 2015