Tikilib-tikilib qaraysan,
Xumor ko`zlaring qadaysan. (x2)
Parvoga olmasam, o`tinib,
O`kinib-o`kinib qaraysan. (x2)

Sevgingni sezdirsang, o`rgilay,
Sayribog` kezdirsang, o`rgilay. (x2)
Xayolim jilovlab, qalbimga
Ismingni yozdirsang, o`rgilay. (x2)

Sen meni avval xo`b o`ylatding,
So`ng qalbga ezgu his o`rnatding. (x2)
Sen-la kulib borardim faxrli,
Sen menga sevishni o`rgatding. (x2)

Tikilib-tikilib qaraysan,
Xumor ko`zlaring qadaysan. (x2)
Parvoga olmasam, o`tinib,
O`kinib-o`kinib qaraysan. (x2)

Ey, tikilib-tikilib qaraysan,
Xumor ko`zlaring qadaysan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tikilib
Xonanda:
Ilhom Farmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2017