• Dildan haydang gumonni, armon qolmasin,
    Gumon oq ko`ngillarga hadik solmasin.
    Yo`llar qarab, sog`inchdan ko`zlar tolmasin,
    Kulib yashang hayotda, quvonib yashang.

    Yashang, yashang, yashang,
    Kulib yashang hayotda.
    Yashang, yashang, yashang,
    Quvnab yashang hayotda. (x2)

    Kuningiz qolmasin hech aslo yomonga,
    Bir marta kelamiz bu yorug` jahonga.
    Shukronalar aytingiz bunday zamonga,
    Kulib yashang hayotda, quvonib yashang.

    Yashang, yashang, yashang,
    Kulib yashang hayotda.
    Yashang, yashang, yashang,
    Quvnab yashang hayotda. (x2)

    Har on shodlanib yashang, ko`ngillar to`lsin,
    Bir baxtiyor kulsangiz, hijronlar so`lsin.
    Siz tabassum qilsangiz, osmonlar kulsin,
    Kulib yashang hayotda, quvonib yashang.

    Bu besh kunlik dunyoda sizni ne kutar,
    Bu sinovlar ham bir kun o`tar-u, ketar.
    Baxtli odam dunyoda shodumon o`tar,
    Kulib yashang hayotda, quvonib yashang.

    Yashang, yashang, yashang,
    Kulib yashang hayotda.
    Yashang, yashang, yashang,
    Quvnab yashang hayotda. (x2)

    Dildan haydang gumonni, armon qolmasin,
    Gumon oq ko`ngillarga hadik solmasin.
    Yo`llar qarab, sog`inchdan ko`zlar tolmasin,
    Kulib yashang, hayotdan quvonib yashang.

    Yashang, yashang, yashang,
    Kulib yashang hayotda.
    Yashang, yashang, yashang,
    Quvnab yashang hayotda. (x2)

    O'xshash qo'shiqlar matnlari