Iroda Dilroz - Qanday baxtliman qo'shiq matni, lyrics

Iroda Dilroz

Qanday baxtliman

Jannatdan yerga tushib, doston bo`lgan muhabbat.
Qadami qayga yetsa, bo`ston bo`lgan muhabbat.
Ona bedor bo`larmi bolasini sevmasa?
Bahor qaytib kelarmi lolasini sevmasa?
Iymoni, ayting, butun bo`ladimi farzandning
U avvalo Vatanni, onasini sevmasa?

Jonajon elim, jonajon elim, seni kuylayman,
Jonajon elim, jonajon elim, dildan yayrayman.
Jonajon elim, jonajon elim, men farzandingman,
Jonajon elim, jonajon elim, qanday baxtliman!

Samarqandning sayqali bunyod qilgan muhabbat,
Eng go`zal tuyg`ularga sarbon bo`lgan muhabbat.
Chechak yaproq ocharmi tuproq mehr ko`rmasa,
Qora ko`z elni ahil-inoq qilgan muhabbat.
Muhabbatdan yaralgan bu ko`hna ona Vatan,
Unga fido jon-u tan, yagonamdirsan Vatan!

Jonajon elim, jonajon elim, seni kuylayman,
Jonajon elim, jonajon elim, dildan yayrayman.
Jonajon elim, jonajon elim, men farzandingman,
Jonajon elim, jonajon elim, qanday baxtliman! (x1+x2)

Jannatdan yerga tushib, doston bo`lgan muhabbat.
Qadami qayga yetsa, bo`ston bo`lgan muhabbat.
Doston bo`lgan muhabbat, doston bo`lgan muhabbat…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qanday baxtliman
Xonanda:
Iroda Dilroz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2017