• Iroda Dilroz - Yor-yor

    Iroda Dilroz

    Yor-yor

    Hay-hay o’lan, jon o’lan-o,
    Kelin janon, yor-yorey, kelin janon.
    Shu kelinni olganga-yo yo’qdir armon,
    Yor-yorey, yo’qdir armon. {x2}

    O’rtaga gul tashladik,
    Ko’nglimizni xushladik,
    Sal egiling, kelinposhsha,
    Kelin salomni boshladik.

    Elga katta to’y bergan,
    To’yda katta qo’y so’ygan,
    Ozib, uyqusi qochgan
    Qaynotasiga salom.

    Eritsangiz mehri zo’r,
    Jahli chiqsa qahri zo’r,
    O’g’il tug’ib kerilgan
    Qaynonaning qadri zo’r.

    Salom-salom, yor-yor,
    Kelinsalom, yorey,
    Qabul aylang qaynotasi
    Sizga salom, yor-yor.
    Qabul aylang qaynonasi-ey,
    Sizga salom, yor-yor.

    Yuvoshgina ko’ringan
    Xolalaringiz keldi,
    Hammani zir titratib,
    Ammalaringiz keldi.

    To’yni to’ydek qizdirgan,
    Singillariga salom.
    Qizlarga gap qistirgan
    Kuyovjo’ralarga salom.

    Salom-salom, yor-yor,
    Kelinsalom, yorey,
    Qabul aylang, mehmonlar,
    Sizga salom, yor-yor.
    Qabul aylang, qadrdonlar,
    Sizga salom, yor-yor.

    Osmondagi yulduzday,
    Qoshi qaro qunduzday,
    Dili oydin kunduzday
    Kelin keldi, yor-yor.

    Kuyovto’ra bilsangiz,
    Beklar begi, yor-yor.
    Belidagi belbog’i
    Mardlar ori, yor-yor.

    Kelin-kuyov qo’sha qarib,
    Yashasin-o, yor-yor.