• Olmacha anoringga balli,
    Donai xolingga balli. (x2)

    Boqqa kirdim bozingdan,
    O`ldim sening nozingdan. (x2)
    Akaginang aylansin
    Bodom qovoq ko`zingdan. (x2)

    Olmacha anoringga balli,
    Donai xolingga balli. (x2)

    Qoshing qaro, payvasta,
    Sen balandda, men pastda. (x2)
    Ikkalamiz o`ynaylik,
    To o`lguncha havasda. (x2)

    Olmacha anoringga balli,
    Donai xolingga balli. (x2)

    Tomga yoydim tarasha,
    Bo`ying menga yarasha. (x2)
    Otang menga bermasa,
    Erta ko`rsin tomosha. (x2)

    Olmacha anoringga balli,
    Donai xolingga balli. (x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.