• Qushdek jonim bilan kuygan g`avg`odaman,
    Rayhon, rayhon, sen bog`da, men sahrodaman. (x2)
    Mayli, bo`lsam barging tushib yotgan yo`lak,
    Gul ko`nglimni tushunmaydi sendan bo`lak. (x2)

    Rayhon (rayhon), rayhon (rayhon),
    Rayhon, rayhon.
    Rayhon (rayhon), rayhon (rayhon),
    Rayhon, rayhon, rayhon.

    Bulbul bo`lsam, butog`ingdan ketmas edim,
    O`pib la’li, dudog`ingdan ketmas edim. (x2)
    Shudring bo`lsam, bo`yning quchib yashnar edim,
    Shoxlaringda marjon bo`lib yashar edim. (x2)

    Rayhon (rayhon), rayhon (rayhon),
    Rayhon, rayhon.
    Rayhon (rayhon), rayhon (rayhon),
    Rayhon, rayhon, rayhon.