Izzatilla Shukurov - Xayollarim senda

Izzat Shukurov

Xayollarim senda

Aytgin, nega yor, ko`zlaring ma’yus?
Men o`ylarman doimo seni yolg`iz.
Yuragimda bor bir sevgi tengsiz,
Sog`inchim dengiz go`yo, qolsam men sensiz.

Tanho seni deya, tanho,
Dunyo, yorishadi dunyo.
Zero quyoshim o`zingsan,
Sensiz hayotim bema’no. (x2)

Ay-ay, xayollarim senda,
Boshlaydi bu yo`llarim senga.
Ay-ay, yetolmayin senga,
Ammo sen qalbimdasan. (x2)

Jon degin, jon degin, menga qara,
Yuragim qiynama, so`zlarim tingla.
Bir seni, bir seni deya,
Yonarman ishqingda.

Unutolmayman seni, jonim, bir zumga,
Bunchalar azob bermagin menga.
O`rganib qolganman men senga,
Shirin so`zingga.

Ay-ay, xayollarim senda,
Boshlaydi bu yo`llarim senga.
Ay-ay, yetolmayin senga,
Ammo sen qalbimdasan. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayollarim senda
Xonanda:
Izzat Shukurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 24, 2016