Jahongir Otajonov – Gullar dedilar

Jahongir Otajonov

Gullar dedilar

Bu oqshom menga gullar
“Gulzorga qayt”, dedilar.
Bizlar xirom etaylik,
Sen qo`shiq ayt, dedilar.

Raqsga tushar gul qizlar,
Gulchehra-yu, gul yuzlar,
Sizlar uchun kuylaylik
Biz kecha-kunduzlar.

Bu oqshom menga gullar
“Gulzorga qayt”, dedilar.
Bizlar xirom etaylik,
Sen qo`shiq ayt, dedilar.

Raqsga tushar gul qizlar,
Gulnora, gul yuzlar,
Gulchehra, yulduzlar
Sizlar uchun kuylaylik
Biz kecha-kunduzlar.

Sizga baxt tilaymiz,
Yurakda asraymiz,
Chunki siz singlimiz,
Chunki sen qizimsan,
Chunki siz onamiz.

Oh, yerdagi yulduzlar,
Oy kabi bu chehralar,
Oh qizlar, go`zal qizlar,
Gulnora, gulchehralar.

Raqsingizdan olam lol,
Labingizdan tomar bol,
Maftun etib bizlarni,
Deysiz “davramizda qol”.

Bu oqshom menga gullar
“Gulzorga qayt”, dedilar.
Bizlar xirom etaylik,
Sen qo`shiq ayt, dedilar.

Raqsga tushar gul qizlar,
Gulchehra, gul yuzlar,
Gulnora, yulduzlar,
Sizlar uchun kuylay men
Bor kecha-kunduzlar.

Siz bizga ishonchsiz,
Har doim quvonchsiz,
Orzusiz, niyatsiz,
Ezgusiz, havassiz,
Chunki siz hayosiz.

Gulchehra, Gulyuzlar,
Gulnora, Yulduzlar,
Sizlar uchun kuylay men
Bor kecha, kunduzlar.

Siz bizga ishonchsiz,
Har doim quvonchsiz,
Orzusiz, niyatsiz,
Ezgusiz, havassiz,
Chunki siz hayosiz.

Bu oqshom menga gullar
“Gulzorga qayt”, dedilar.
Bizlar xirom etaylik,
Sen qo`shiq ayt, dedilar.

Raqsga tushar gul qizlar,
Gulchehra-yu, gulyuzlar,
Sizlar uchun kuylaylik
Biz kecha-kunduzlar.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gullar dedilar
Xonanda:
Jahongir Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 8, 2017