Oq bulutlar aro ikki kabutar,
Sevgi qanotida yonma-yon uchar.
Yuraklarda cheksiz orzular bilan
Samoda ikkovin bulutlar quchar. (x2)

Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Sevgi og’ushida birga edilar.
Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Zulmatda bir-birin yig’lab izlarlar. (x2)

Nogoh osmonimiz bo’ldi qop-qora,
Bir zulmat qurshardi bizni tobora.
Qora bulut aro izlab bir-birin,
Lochinga ov bo’ldi qushlar bechora.

Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Zulmatda bir-birin yig’lab izlarlar.
Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
O’shal baxtli kunni eslab yig’larlar.

Biz ham ular kabi yonma-yon edik,
Oq gullarni terib, birga yurardik.
Orzular ketidan ergashgancha jim,
Oppoq bulutlarga biz maftun edik.

Shunda men ham seni yo’qotdim mangu,
Seni olib ketdi qora bir qayg’u.
Endi sen ham mendek yolg’izsan, gulim,
Ketdik, bu chamanlar bizga qorong’u.

Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Sevgi og’ushida birga edilar.
Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Zulmatda bir-birin yig’lab izlarlar. (x2)

Nogoh osmonimiz bo’ldi qop-qora,
Bir zulmat qurshardi bizni tobora.
Qora bulut aro izlab bir-birin,
Lochinga ov bo’ldi qushlar bechora.

Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Zulmatda bir-birin yig’lab izlarlar.
Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
O’shal baxtli kunni eslab yig’larlar.

Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Sevgi og’ushida birga edilar.
Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
O’shal baxtli kunni eslab yig’larlar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ikki qalb
Xonanda:
Jahongir Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 20, 2015