Rashk, rashk, rashk qilaman o`zimdan ham,
G`ash bo`laman o`z-o`zimning ko`zimdan ham.
Chimirma qosh, qo`pol aytgan so`zimdan ham,
Labing tegsa, hasad qilgum o`zimdan ham. (x2)

Seni yotlar tugul, hatto qilaman rashk o`zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam, bo`laman g`ash ko`zimdan ham.
Ko`zim yongay senga nargiz ko`zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam lolaga rashkim, ayon bo`lgay yuzimdan ham. {x2}

Rashk, rashk, rashk qilaman o`zimdan ham,
G`ash bo`laman o`z-o`zimning ko`zimdan ham.
Chimirma qosh, qo`pol aytgan so`zimdan ham,
Labing tegsa, hasad qilgum o`zimdan ham. (x2)

Seni jonim dedim yolg`iz, seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman, qo`pol aytgan so`zimdan ham.
Visol onida ko`z ochsa ne tong, tongdan ko`ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz, xumorko`z yulduzimdan ham. {x2}

Rashk, rashk, rashk qilaman o`zimdan ham,
G`ash bo`laman o`z-o`zimning ko`zimdan ham.
Chimirma qosh, qo`pol aytgan so`zimdan ham,
Labing tegsa, hasad qilgum o`zimdan ham. (x2)

Rashk, rashk, rashk…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rashk
Xonanda:
Jahongir Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 13, 2017