Jahongir Otajonov – Tanishimsiz

Jahongir Otajonov

Tanishimsiz

Yasholmayman yashirin xonishlarimsiz,
Shirin xotiralarda yonishlarimsiz. (x2)
Bo`yi bo`yimga monand, o`yi o`yimga,
Dili bir, yo`li ayri tanishlarimsiz. (x2)

Tanishim, tanishimsiz,
Yashirin xonishimsiz. (x2)
Bo`yi bo`yimga monand, o`yi o`yimga,
Dili bir, yo`li ayro tanishlarimsiz. (x2)

Dilim bog`liq, oyog`im, ham qo`lim bog`liq,
Yorga olib borajak to`rt yo`lim bog`liq. (x2)
Yurakka ishim tushdi, buyruq beraman:
Bu kundan o`lim afzal, lek o`lim bog`liq. (x2)

Tanishim, tanishimsiz,
Yashirin xonishimsiz. (x2)
Bo`yi bo`yimga monand, o`yi o`yimga,
Dili bir, yo`li ayru tanishlarimsiz. (x2)

Kunlar o`tib boradi, bir hovuch qilib,
Yor xayolin beradi bir ovunch qilib. (x2)
Xotiradan kech yurak, ishq sharobin ich yurak,
Bevafo yor sevgisin, chin sevinch qilib. (x2)

Tanishim, tanishimsiz,
Yashirin xonishimsiz. (x2)
Bo`yi bo`yimga monand, o`yi o`yimga,
Dili bir, yo`li ayri tanishlarimsiz.

Tanishim, tanishimsiz,
Yashirin xonishimsiz. (x2)
Bo`yi bo`yimga monand, o`yi o`yimga,
Dili bir, yo`li ayri tanishlarimsiz.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tanishimsiz
Xonanda:
Jahongir Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 16, 2017