Jahongir Otajonov – Yetdik (Qo'shqirg'oq)

Jahongir Otajonov

Yetdik (Qo’shqirg’oq)

Qo`shqirg`oqqa tushdi ummon orzusi,
Mavjlarga o`n ikki burjning yog`dusi.
Va oxir bir yona boqdik ikkimiz,
Bitta daryo bo`lib oqdik ikkimiz.

Bir yona-yona yetdik,
Jon tikib, jona yetdik,
Faqat sevgimiz bois
Ushbu zamona yetdik. (x2)

Ufqlar quyoshni rangga solgandek,
Qutblar qushlarni asray olgandek.
Va oxir bir yona boqdik ikkimiz,
Tong mujdasi bo`lib balqdik ikkimiz.

Bir yona-yona yetdik,
Jon tikib, jona yetdik,
Faqat sevgimiz bois
Ushbu zamona yetdik. (x2+x2)

Haqni tavof etdik to`qson to`qqiz bor,
Shu bois diydorga bo`ldik sazovor.
Va oxir bir yona oqdik ikkimiz,
Ijobat eshigin qoqdik ikkimiz.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yetdik (Qo’shqirg’oq)
Xonanda:
Jahongir Otajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 17, 2017