Jahongir - Sevgi dunyosi

Jahongir

Sevgi dunyosi

Garchi hayot erkalamas bo`lsa mayli,
Ma’yus ko`zlar yoshlar bilan to`lsa mayli,
Sadoqatda tanho bo`lib misli Layli,
Gulim, meni bahor bo`lib sevsang bo`ldi.

Sadoqatda tanho bo`lib misli Layli,
Gulim, meni bahor bo`lib sevsang bo`ldi.

Yetmay qolsa senga qo`lim,
Ayro bo`lib taqdir yo`lim,
Birga bo`lmasak sevgilim,
Jonim, meni bahor bo`lib sev. {x2}

O`rmalasin ko`zlarimda hijron yoshi,
Balolarda qolar ekan oshiq boshi,
Mayli bir kun botar bo`lsa ishq quyoshi,
Gulim, meni bahor bo`lib sevsang bo`ldi.

Mayli bir kun botar bo`lsa ishq quyoshi,
Gulim, meni bahor bo`lib sevsang bo`ldi.

Yetmay qolsa senga qo`lim,
Ayro bo`lib taqdir yo`lim,
Birga bo`lmasak sevgilim,
Jonim, meni bahor bo`lib sev. {x2}

Mayli umrim o`tib ketsin sahrolarda,
Oshiqlikda Majnun ko`rgan savdolarda,
Darak berib, mayin esgan sabolarda,
Gulim, meni bahor bo`lib sevsang bo`ldi.

Darak berib, mayin esgan sabolarda,
Gulim, meni bahor bo`lib sevsang bo`ldi.

Yetmay qolsa senga qo`lim,
Ayro bo`lib taqdir yo`lim,
Birga bo`lmasak sevgilim,
Jonim, meni bahor bo`lib sev,
Jonim, meni bahor bo`lib sev. (x2)

Jonim, meni bahor bo`lib sev…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgi dunyosi
Xonanda:
Jahongir
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 27, 2015