Manzilim sen, bu yo’llar uzun,
Bu balki sevgi, anglamadim.
Yuragimda ne dardni yoqdi,
Jazo balki, anglamadim.

Talabim behad oshib borar zor qalbimda,
Tobora yurak bemor bo’ldi qadamingda.

Darmonimo, bu tunlari zorim o’zing,
Ayyora yorim ishqida yonib ojiz bo’ldim.
Nedan noma’lum azoblari yana yondirar, yondirar. (x2)

Jonim sensiz kunlar ne uzun,
Yuragimsan, tanlaganim.
Mening go’zal, ey nozli yorim,
Yolg’iz baxtim, ko’zlaganim.

Talabim behad oshib borar zor qalbimda,
Tobora yurak bemor bo’ldi qadamingda.

Darmonimo, bu tunlari zorim o’zing,
Ayyora yorim ishqida yonib ojiz bo’ldim.
Nedan noma’lum azoblari yana yondirar, yondirar. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Darmonim
Xonanda:
Jamshid Davlatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2015