• Sevsa yurak, yomon sevarkan,
    Jonu-taning yonib, kuyarkan.
    Sevaman deb qasamlar ichib,
    Tashlab ketsa alam qilarkan. (x2)

    Nahot meni ko`zlarimga
    Qarab turib aldading?
    Nahot tuyg`ularim bilan
    Shu paytgacha o`ynading?
    Nahot meni aldading,
    Nahot meni o`ynading,
    Nahot meni sevmaganmiding? (x2)

    Vaqtni davo deyishardilar,
    Nega menga davo bo`lmadi?
    Unutishga qancha urinsam,
    Senga bo`lgan sevgim so`nmadi. (x2)

    Nahot meni ko`zlarimga
    Qarab turib aldading?
    Nahot tuyg`ularim bilan
    Shu paytgacha o`ynading?
    Nahot meni aldading,
    Nahot meni o`ynading,
    Nahot meni sevmaganmiding? (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.