Gohida kuy ishqi qilganda xumor,
Sho`ng`ib ketsam goho ohu-nolamga,
Vayron kulbasida nimaiki bor,
Onam menga tutar, men-chi bolamga.

Vayron kulbasida nimaiki bor,
Onam menga tutar, men-chi bolamga.

Jovdiraydi sarflab barcha imkonin,
Qo`yib bersang, tutar kaftida jonin,
Suprasini qoqib, eng so`nggi nonin
Onam menga tutar, men-chi bolamga.

Suprasini qoqib, eng so`nggi nonin
Onam menga tutar, men-chi bolamga.

Men halakman o`gil-qizim erkalab,
Quvonaman har bir yutug`in sanab.
Bechora tin bilmas kechmi, ertalab,
Onam menga tutar, men-chi bolamga.

Qayda yursa maqtar men dilbandini,
Elga ko`rk bo`lar deb shu farzandini.
To`ydan niyat qilib olgan qandini
Onam menga tutar, men-chi bolamga.

To`ydan niyat qilib olgan qandini
Onam menga tutar, men-chi bolamga.

To`ydan kech qaytsam-u turmay ertalab,
Uxlasam, boshimda sochlarim silab,
Nimadir kaftida, qo`li qaltirab,
Onam menga tutar, men-chi bolamga.

Nimadir kaftida, qo`li qaltirab,
Onam menga tutar, men-chi bolamga. {x3}

Eh, besh kunlik dunyodan izlayman malham,
Yiqilsam, yonimda hamdamim onam.
Qaniydi, qaniydi onamdek mard bo`lib men ham,
Butun topganimni onamga tutsam. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona
Xonanda:
Janob Rasul
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 4, 2017