Janob Rasul - Ona Vatan qo'shiq matni, lyrics

Janob Rasul

Ona vatan

O`ylamasman jannat neligin,
Axir jannat yurtda yashayman.
O`ylamasman g`amning neligin,
Chunki tinch, osuda yashayman. (x2)

Yigirma to`rtga kirdi yoshing,
Yuzga kirsin shu yurtboshing.
Bulbullar sayragan chaman,
O`zbekiston – Ona Vatan. (x2)

Har bir qushing tinchlik elchisi,
Har bir kishing tinchlik o`ychisi.
Har bir ishing tinchlik yo`lchisi,
Kimning ham kelardi kechgisi? (x2)

Yigirma to`rtga kirdi yoshing,
Yuzga kirsin shu yurtboshing.
Bulbullar sayragan chaman,
O`zbekiston – Ona Vatan. (x2)

Yigirma to`rtga kirdi yoshing,
Doim omon bo`lsin yurtboshing.
Barchani “bolam” degan chaman,
O`zbekiston – Ona Vatan.

Qaddin tik ko`targan bu yoshlaring,
Vatanim degan botirlaring.
Ijodkor-u shoirlaring, ilm-u fanda olimlaring,
Doim xizmatingdadir vatan degan og`lonlaring.

Ijodkor-u shoirlaring,
Ilm-u fanda olimlaring,
Yo`qdir vatan xoinlaring,
Xizmatingda o`g`lonlaring. (x2)

Yigirma to`rtda mustaqil yoshing,
Yuzga kirsin shu yurtboshing.
Bulbullar sayragan chaman,
O`zbekiston – Ona Vatan. (x2)

Sen bizga tinchlik berding,
Tinch bo`lsin ostonang.
Doim seni ardoqlaydi
Vatan degan har bolang.

Osmoning musaffo, doim kulib tursin yulduz,
Tinch bo`lgin doim, hech chiqmasin nolang.

Yigirma to`rtga kirdi yoshing,
Yuzga kirsin shu yurtboshing.
Bulbullar sayragan chaman,
O`zbekiston – Ona Vatan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona vatan
Xonanda:
Janob Rasul
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 24, 2018