Jasur G'oipov - Mening hayotim

Jasur G'oipov

Mening hayotim

Yashardim oddiy binoda,
Xuddi oq-qora kinoda.
Bir xilda sokin edi
Har kunim mening.

Bir xilda tonglar otardi,
Bir xilda kunlar botardi.
Bir xilda o’tar edi
Bu umrim mening.

Birdan yuragim bezovta urib,
Aqlu-hushim yo’qotdim seni ko’rib.
Meni maftun etding, o’zgarib ketdi
Mening hayotim.

Tunlar rang-barang, kunlar rang-barang,
Astagina, shivirlab aytdim arang:
Meni maftun etding, o’zgarib ketdi
Mening hayotim.

Qalbim bir seni ko’rgani shoshar,
Kutyapman, ikki soatdan oshar.
Kelmasang holim yomon bo’ladi mening.

Keldingmi, jonim, va nihoyat?
Bugun go’zaldirsan bag’oyat.
Kayfiyatim, ishon, osmon bo’ladi mening.

Birdan yuragim bezovta urib,
Lahzada sevib qoldim seni ko’rib.
Meni maftun etding, o’zgarib ketdi
Mening hayotim.

Tunlar rang-barang, kunlar rang-barang,
Astagina, shivirlab aytdim arang:
Meni maftun etding, o’zgarib ketdi
Mening hayotim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mening hayotim
Xonanda:
Jasur G'oipov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 23, 2015