• Yurak muzlamoqda, tanda yo`q harorat,
    Go`yo qish kirib kelgan qalbimga beruxsat.
    Vujudim sovib borar, uzoqlarda sensiz,
    Sen o`zga bilan baxtli, men o`zgaman sensiz.

    O`ylaysan, o`g`irlading faqat yuragimni,
    Aslida olib ketding butunlay borimni.
    Har doimgidek go`zal tabassum qilarsan,
    Lekin bugun mengamas, o`zgaga kularsan.

    Negadir yurak izlar bir seni beruxsat,
    Hech bo`lmasa ishontir, qaytishga ber fursat.
    Endi bu ko`zlarim ham izlaydi bir qizni,
    Sen mendan ketib bo`lding, endi men omadsizman.

    O`ylaysan, o`g`irlading faqat yuragimni,
    Aslida olib ketding butunlay borimni.
    Har doimgidek go`zal tabassum qilarsan,
    Lekin bugun mengamas, o`zgaga kularsan.

    Yurak muzlamoqda…