Jasur G'oipov - Yoningda bo'lay

Jasur G'oipov

Yoningda bo’lay

Yoningda bo’lay…

Tunlari shamol, mayin ovozing
Yetkazar shivirlab sekin.
Takrorlar xayol sehrli ko’zing,
Yonimda emassan, lekin…

Qaniydi vaqt to’xtasaydi,
Senga yurak to’ysaydi.

To’xtasin bu yillar,
To’xtasin soat millar,
Yoningda bo’lay bir oz.
Sovuq kunlar, muzlamasin yuraklar,
Bag’rimga bosay bir oz.

Yoningda bo’lay… Yoningda bo’lay…

Atrofim sezmay qolarman go’yo,
Bir soniya ko’rmasam seni.
Yonimda yo’qsan, emassan ro’yo,
Kel, baxtli aylagin meni.

Qaniydi vaqt to’xtasaydi,
Senga yurak to’ysaydi.

To’xtasin bu yillar,
To’xtasin soat millar,
Yoningda bo’lay bir oz.
Sovuq kunlar, muzlamasin yuraklar,
Bag’rimga bosay bir oz.

Yoningda bo’lay… Yoningda bo’lay…
Yoningda bo’lay…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoningda bo’lay
Xonanda:
Jasur G'oipov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 7, 2015