• Jasur Umirov - Do'stim

    Jasur Umirov

    Do’stim

    Ey do’stim, jon do’stim,
    Dunyo nega yaralgan? (x2)
    Sen kimga zorsan-u,
    Zoru vafodorsan-u,
    Zorligingni nega bilmagan? (x2)

    Oh do’stim, jon do’stim,
    Sinov uchun yaralgan dunyo. (x2)
    Sevgida bordir azob,
    Azobsiz bo’lmas visol,
    Shuning uchun yaralgan xijron. (x2)

    Ey do’stim, jon do’stim,
    Ko’z yosh nedan yaralgan? (x2)
    Baxtli kunlarda ham,
    G’am-alam yutganda ham,
    Inson nega yig’lagan? (x2)

    Oh do’stim, jon do’stim,
    Tuyg’udan yaralgan ko’z yosh. (x2)
    Ko’z yoshing tomchilab,
    G’uborlaringni yuvgan,
    Shuning uchun yig’lagan inson. (x2)

    Sevgini rad etmangizlar,
    Oshiq ko’ngli sinmasin. (x2)
    Sevgida bordir azob,
    Azobsiz bo’lmas visol,
    Shuning uchun yaralgan xijron.

    Ko’zyoshing tomchilab,
    G’uborlaringni yuvgan,
    Shuning uchun yig’lagan inson.