• Jasur Umirov - Inyazda o'qidim qo'shiq matni, lyrics

    Jasur Umirov

    Inyazda o’qidim

    “Inyaz”da o`qidim man,
    To`qqizta qiz, bir o`zim.
    To`qqiz yil o`qib-o`qib,
    Sevib qolganman o`zim. (x2)

    Sevgim ko`zimni ko`r qildimi, o`zim bilmadim,
    Kulib boqsa, buni sevgi deb balki o`yladim.
    Chin sevgimni men hech ham yolg`onlarga yo`ymadim,
    Ko`zlari xumor qilar, nima qilay, to`ymadim?

    Kimning kami yo`q, ayting, do`stlarim?
    Bir kam dunyoku, bir kam dunyoku. (x2)

    Sevgim ko`zimni ko`r qildimi, o`zim bilmadim,
    Kulib boqsa, buni sevgi deb balki o`yladim.
    Chin sevgimni men hech ham yolg`onlarga yo`ymadim,
    Ko`zlari xumor qilar, nima qilay, to`ymadim?

    Bu kunlarni kutmovdim, do`stlar,
    Erta ne bo`lishin kim bilar?
    Bilganimda qo`yvormas edim,
    Ketma, deya yolvorar edim.

    Mol-davlatga hech o`ch bo`lmadim,
    Zo`rman desa, hech bosh egmadim.
    Hozir esa afsuslar chekib,
    Nima qilay ayting, do`stlarim?

    Kimning kami yo`q, ayting, do`stlarim?
    Bir kam dunyoku, bir kam dunyoku. (x2)

    Sevgim ko`zimni ko`r qildimi, o`zim bilmadim,
    Kulib boqsa, buni sevgi deb balki o`yladim.
    Chin sevgimni men hech ham yolg`onlarga yo`ymadim,
    Ko`zlari xumor qilar, nima qilay, to`ymadim?

    “Inyaz”da o`qidim man,
    To`qqizta qiz, bir o`zim.
    To`qqiz yil o`qib-o`qib,
    Sevib qolganman o`zim. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.