• Jasur Umirov - Ona (2016)

    Jasur Umirov

    Ona (2016)

    Ko`zlaringiz kular, qalbingiz to`la alam,
    Xursandchilik kunda ham ko`zingizda nam,
    Onajon, bu dunyoda borim, onajon.
    Men mashxur hofizmas, mashxur bag`ritosh,
    Ko`zlarimga qarang ona, ko`zlarimda yosh,
    Onajon, kechiring mani siz, onajon.

    Boshlarimda ko`taray, yuzingizdan o`pay,
    Erkalanib bag`ringizga o`zimni otay,
    Onajonim, onajonim.
    Boringizga shukur mehribonim, onajonim.

    Menga na boylig-u mashxurlik kerakmas,
    Yuzlaringizda bir chimdim quvonch ko`rsam bas,
    Onajonim, otajonim.
    Bir shirin so`zimga mushtog`im, onam,
    Yo`llarimga intizor, farishtam onam,
    Onajonim, otajonim.

    Boshlarimda ko`taray, yuzingizdan o`pay,
    Erkalanib bag`ringizga o`zimni otay,
    Onajonim, onajonim.
    Boringizga shukur mehribonim, onajonim. (x1+x1)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.