(Bolajonim, seni sog’inaman,
Har kuni yo’llaringga termulaman,
Mani jonim bolam,
Umring uzoq bo’lsin.)

Ona, yoningizda har dam bo’lolmayman,
Sog’inaman yuzlariz har dam ko’rolmayman. (x2)
Sizni har kun ko’rgim kelar, ko’rolmayman onajon,
Mehringizga to’ygim kelar, to’yolmayman onajon. (x2)

Begonalar ko’nglin olib yashayabman onajon,
Sizga har kun shirin so’zim aytolmayman onajon. (x2)
Onam, jonim onam… Onam, onajonim onam.

Qalbim qaynoq mehrga zor,
Omadim shu – gulday onajonim bor,
Qalbim qaynoq mehrga zor,
Omadim shu – mehribon onajonim bor.

Begonalar ko’nglin olib yashayabman onajon,
Sizga har kun shirin so’zim aytolmayman onajon. (x2)
Onam, jonim onam… Onam, onajonim onam.

Onam, onajonim onam… O’zimning dunyoda bitta onam.
Bu dunyoning tashvishlaridan qutulib yonizga borolmayman,
Shunda ham duo qilasiz-a, ona?
O’zimning onajonim.

Begonalar ko’nglin olib yashayabman onajon,
Sizga har kun shirin so’zim aytolmayman onajon. (x2)
Onam, jonim onam… Onam, onajonim onam.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onam
Xonanda:
Jasur Umirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 21, 2014