Jasur Umirov - Sirdaryoning baliqlari

Jasur Umirov

Sirdaryoning baliqlari

Dardimga sherik bo`ldi Sirdaryoning baliqlari,
Jim turib eshitarlar Sirdaryoning baliqlari.
Sevgidan yig`lay desam, ko`zimda tomchi yosh yo`q,
Sirdaryoning yonidaman, yonimda yorginam yo`q.

Dardim eshit, ey daryo, yonimda sevgilim yo`q,
Dardim eshit, ey daryo, yonimda sevganim yo`q.
Sevgidan kuyganimni eshitguvchi kimsa yo`q,
Dardimni eshitinglar, Sirdaryoning baliqlari. {x2}

Qishni qish demas edim, yorginamni kutardim,
Kelmasa gar, g`ing demasdim, dardim ichga yutardim.
Endi bildim, o`zga bilan yurar ekan bog`ma-bog`,
Bevafoni sevibman, Sirdaryoning baliqlari.

Eshitinglar dardim, Sirdaryoning baliqlari,
Dardim eshit, ey daryo, yonimda sevganim yo`q.
Sevgidan kuyganimni eshitguvchi kimsa yo`q,
Bevafoni sevibman, Sirdaryoning baliqlari,
Eshitinglar dardim, Sirdaryoning baliqlari.

Birga yursak, oy havasda edi yorim yuziga,
Ko`rgan borki tikilardi yorim bast-u bo`yiga.
Mana bugun yuribmanku shu yo`llarda bir o`zim,
Yuragim yulib olgan bevafoning qarashlari.
Yuragim ezib ketdi bevafoning qarashlari,
Dardimni eshitinglar, Sirdaryoning baliqlari.

Mana bugun yuribmanku shu yo`llarda bir o`zim,
Yuragim yulib olgan bevafoning qarashlari,
Yuragim ezib ketdi bevafoning qarashlari.

Dardimga sherik bo`ldi Sirdaryoning baliqlari,
Jim turib eshitarlar Sirdaryoning baliqlari.
Sevgidan yig`lay desam, ko`zimda tomchi yosh yo`q,
Sirdaryoning yonidaman, yonimda yorginam yo`q.

Dardim eshit, ey daryo, yonimda sevgilim yo`q, {x2}
Yuragimga yaqinim – Sirdaryoning baliqlari. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sirdaryoning baliqlari
Xonanda:
Jasur Umirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 28, 2015