• Burgut edim-ey osmonda,
    Qoziqday yerga qoqildim-ey.
    Yolg`onchi do`stim dastidan-ey {x2}
    Yiqildim, yerga yiqildim-ey,
    Yiqildim, yomon yiqildim-ey.

    Yigitlar yig`lamaydi,
    Yigitlar yiqilmaydi, (x2)
    Yigit yigitday bo`ladi, {x2}
    Yigit bir so`zli bo`ladi,
    Yigit so`zida turadi.
    Yigit yigitday bo`ladi,
    Yigit bo`riday bo`ladi.

    Dunyoning rost-yolg`onidan,
    So`zlama kuyib, so`zlama san. (x2)
    Yuragingning yuragini {x2}
    Tuzlama tilib, tuzlama san. {x2}

    Yigitlar yig`lamaydi,
    Yigitlar yiqilmaydi, (x2)
    Yigit yigitday bo`ladi, {x2}
    Yigit bir so`zli bo`ladi,
    Yigit lafzida turadi.
    Yigit yigitday bo`ladi,
    Yigit bo`riday bo`ladi.

    Doirani chalsam, doirani,
    Davrani oling, davrani. (x2)
    Ey do`stlarim, do`stlikning {x2}
    Qadriga yeting, o`ylaning. {x2}

    Yigitlar yig`lamaydi,
    Yigitlar yiqilmaydi, (x2)
    Yigit yigitday bo`ladi, {x2}
    Yigit bir so`zli bo`ladi,
    Yigit lafzida turadi.
    Yigit yigitday bo`ladi,
    Yigit bo`riday bo`ladi.

    Nomardlarning nafasidan,
    Hasadgo`yning hasadidan, (x2)
    Asragin Xudo, asragin-a, {x2}
    Yolg`onchilarning nafasidan,
    Yomonlarning nafasidan.

    Yigitlar yig`lamaydi,
    Yigitlar yiqilmaydi, (x2)
    Yigit yigitday bo`ladi, {x2}
    Yigit bir so`zli bo`ladi,
    Yigit lafzida turadi.
    Yigit yigitday bo`ladi,
    Yigit bo`riday bo`ladi.