• Jemalkhan - Sevgim abadiy

    Jemalkhan

    Sevgim abadiy

    Xayolimni olgan sochlari uzun qo’shni qiz
    Sevaman, u ham yasholmaydi mensiz.
    Hamon yodimda uning tabassumi,
    Sog’inaman u bilan o’tgan har bir kunni.

    Tuyg’ularim emas shunchaki, bu haqiqiy sevgi,
    Sevgimiz abadiy, voz kecholmayman endi.
    Esayotgan shamol, olib ket sevgilim tomon,
    Sog’indim yomon, sog’indim yomon.

    Hey, kutganimda najot, nahot hammasi barbod?

    Soya soldi qora tun nega bizning sevgimizga?
    Achinadi osmon yig’lab holimizga. (x2)

    Ikkimiz juda baxtli, hammasi edi yaxshi,
    Buni bilgan qizning ota-onasi sevgimizga qarshi.
    Sevganim gunohmidi, bilmadim, tushunmaydi,
    Meni sevgan qizga nechun meni ravo ko’rmaydi?

    Garchi shunday bo’lsada, undan umidim uzilmadi,
    Telba yuragim esa aqlimga hech bo’ysunmadi.
    Bas, dedi, bas, aqlim ko’rib bu ahvolimni,
    Eh, nimalarga dosh bermadi bu vujudim.

    Hey, kutganimda najot, nahot hammasi barbod?

    Soya soldi qora tun nega bizning sevgimizga?
    Achinadi osmon yig’lab holimizga. (x2)

    Malikam, men seni Majnundek sevolmasman balki,
    Yoningga borib, mehr berolmasman balki.
    Ehtimol, mensiz ham yasharsan baxtli,
    Ammo bil, yurakdagi sevgim abadiy.