Sevgan har kõngilni hayot sinarkan,
Muhabbat shartiga inson chidarkan.
Oshiqlar bir-birin qizg`onib yashar,
Ishqi bor odamning rashki bõlarkan. {x2}

Sevgan har kõngilni hayot sinarkan,
Muhabbat shartiga inson chidarkan.
Oshiqlar bir-birin qizg`onib yashar,
Ishqi bor odamning rashki bõlarkan.

Har bir qadamingni poylab yursa ham,
Gumonda yonma deb aslo yema g`am.
Yashasa bir-birin asrab har bir dam,
Ishqi bor odamning rashki bõlarkan.

Rashk, rashk, rashk, rashk, rashki bõlarkan,
Ishqi bor odamning rashki bõlarkan. (x2)

Baxtning osmonida ikki kabutar,
Armon degan so`zni bir zum unutar.
Begona ko`zlardan uzoqroq tutar,
Ishqi bor odamning rashki bõlarkan.

Xafa bo`lmang, “menga ishonmaysiz” deb,
Nega rashk qilasiz, demang buncha kop.
Sizga juftingizdek bir mehribon yo`q,
Ishqi bor odamning rashqi bolarkan.

Rashk, rashk, rashk, rashk, rashki bõlarkan,
Ishqi bor odamning rashki bõlarkan. (x2)

Begona raqamdan bo`lsa qo`ng`iroq,
Ranjimang soatlab qilganda sõroq.
Ortiqcha shubhadan bõling siz yiroq,
Ishqi bor odamning rashqi bõlarkan.

Ahad Qayyum yozdi oshiqlar uchun,
Kõrsatib muhabbat, sevgisin kuchin.
Har kõngil bajarib yashasin burchin,
Ishqi bor odamning rashki bõlarkan.

Rashk, rashk, rashk, rashk, rashki bõlarkan,
Ishqi bor odamning rashki bõlarkan. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rashk
Xonanda:
Jo'rabek Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016