• Jo'rabek - Afsus

    Jo'rabek

    Afsus

    Visol onlari, visol onlari
    Qaytib kelmaydi mening hayotimga
    Shirin sevgingsiz,
    Sening chiroyli sevgingsiz.

    Kechirgin meni, kechirgin meni, ha
    Zarracha ozor etkazgan bo`lsam
    Gar nozik qalbingga,
    Sening chiroyli qalbingga.

    Oppoq qorlar yog`a boshlar
    Sevgimizning ilk g`unchasiga,
    Sog`inch to`la ko`ngillar yig`lar.
    Bahor chog`i gullar ochar,
    Uchrasharlar ilk sevishganlar,
    Lekin sendan sado kelmas.

    Eslayman seni, yig`layman sensiz,
    Orzularim behuda.
    Charos ko`zlaring, shirin so`zlaring
    Ko`rmayman balki boshqa. (afsus)

    Men yonib sevdim, qabul etmading,
    Do`stlikni taklif eta.
    Og`ir bo`lsada, men majbur bo`ldim
    Alvido, deb aytishga.

    Quvonchli onlar, quvonchli onlar
    Olib kelsaydi mayin ovozing
    Sog`ingan dilimga, azobda yongan dilimga.
    Qutqargin meni.

    Eslatma menga, yo`q, eslatma, u-u,
    Afsus chekmoqdaman aytgan so`zlarimdan
    Bugun o`zim,
    Seni topmay ko`r bo`ldi ko`zim.

    Oppoq qorlar yog`a boshlar
    Sevgimizning ilk g`unchasiga,
    Sog`inch to`la ko`ngillar yig`lar.
    Bahor chog`i gullar ochar,
    Uchrasharlar ilk sevishganlar,
    Lekin sendan sado kelmas.

    Izlayman seni, yig`layman sensiz,
    Orzularim behuda.
    Charos ko`zlaring, shirin so`zlaring
    Ko`rmayman balki boshqa. (x2)

    Men yonib sevdim, qabul etmading,
    Do`stlikni taklif eta.
    Azoblab dilim, men majbur bo`ldim
    Alvido, deb aytishga.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.