• Jo'rabek - Ayt ko'zlaringda

    Jo'rabek

    Ayt ko’zlaringda

    Men qachonlardir yo`qotgan tushlarimni
    Topdim ko`zlaringda, sening sirli ko`zlaringda.
    Va endi ketma, sevgimni sen tark etma,
    Bir umrga qolgin yonimda.

    Ayt ko`zlaringda, yuragim sog`inadi
    Guldek lablaringni, jonginam.
    Bormikan dilingda, bormikan yuragingda
    Menga bo`lgan g`uncha muhabbat.

    Sen uchun dilimda, sen uchun yuragimda
    Sevaman men o`zligim bilmay.
    Ishongin qalbimga, seni men bir umr kutarman
    Eng yorug` orzularday.

    Keng samolarda izlayman yulduzimni,
    Sensiz sahrolarda topolmay o`z gulimni.
    Lekin men bilarman, sevgimga ishonarman,
    Ne bo`lsa ham seni toparman.

    Bu ko`zlaringda, sirli sening ko`zlaringda
    Men kuch toparman va ko`klarga ham ucharman.
    Ayt o`zing menga, shartlaringni aytgin menga,
    Sen uchun o`lib-tirilarman.

    Ayt ko`zlaringda, yuragim sog`inadi
    Guldek lablaringni, jonginam.
    Bormikan dilingda, bormikan yuragingda
    Menga bo`lgan g`uncha muhabbat.

    Sen uchun dilimda, sen uchun yuragimda
    Sevaman men o`zligim bilmay.
    Ishongin qalbimga, seni men bir umr kutarman
    Eng yorug` orzularday.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.