• Jo'rabek - Bahor tushlari

    Jo'rabek

    Bahor tushlari

    Vasling go`zalim, tun kabi orom yuragimga,
    Bahor nafasi ganj-u dilimga.
    Shabnam kabi qo`ngin qalbimning yaproqlariga,
    Munis hislarni dilga et ato.

    Uxlab qolgan ertaklar ko`zin ochar,
    Sening mayin, nafis ovozingdan.
    Yuragim sog`inch zanjirlarin uzar,
    Bu maftunkor ishqning sadosidan.

    Yo`lingga gullarni, yulduzli tunlarni,
    Bahor tushlarini beraman senga. (x2)

    Layli emas, muhabbatning timsoli sen o`zing,
    Majnun xokisor ishqim oldida.
    Sog`inch ila sen-la gulim visol og`ushida,
    Bu baxt parvozi bo`lmasin ado.

    Uxlab qolgan ertaklar ko`zin ochar,
    Sening mayin, nafis ovozingdan.
    Yuragim sog`inch qasrlarin buzar,
    Bu maftunkor ishqning sadosidan.

    Yo`lingga gullarni, yulduzli tunlarni,
    Bahor tushlarini beraman senga. (x2+x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.