• Jo'rabek - Faqat sevging

    Jo'rabek

    Faqat sevging

    Sevgi, bu dunyoda bormisan
    Yoki sen ertakmisan, afsonasan balki?
    Qalbim ming bo`lakka bo`lingin,
    Parchalan yomg`ir kabi, lek topa olgin sen uni.

    Ko`zlarim ko`rmagan go`zallar
    Paydo bo`lar shirin tushlarimda, orzularimda.
    Erishish qachon nasib etar ekan
    Bundayin sof muhabbatga ro`yolarda?

    Yona-yona qalbimiz to`lsin bahorlarga,
    Beg`ubor go`zal yoshlik kabi.
    Yurakda to`lib ketar bu sof muhabbating,
    Faqat sevging, go`zal sevging. (x2)

    Sevgi, shunchalar yiroqmisan,
    Rohatmi, azobmisan, sarobmisan balki?
    Mayli, daryolar yutar dardim,
    Ammo egilmas qaddim va toparman orzularim.

    Dunyo sog`inib kutgan go`zal qo`shiqqa o`xshar
    Uning ko`zlari, mayin ko`zlari.
    Tasvirlab bo`lmaydigan hayajonga to`lib ketar
    Dillarimiz, men bilan bo`lsang.

    Yona-yona qalbimiz to`lsin bahorlarga,
    Beg`ubor go`zal yoshlik kabi.
    Yurakda to`lib ketar bu sof muhabbating,
    Faqat sevging.

    Yona-yona qalbimiz to`lsin bahorlarga,
    Beg`ubor go`zal yoshlik kabi.
    Yurakda to`lib ketar bu sof muhabbating,
    Faqat sevging, go`zal sevging. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.